"Nasaf" Nuriddin Zayniev xotirasiga bag‘ishlab xalqaro turnir tashkil etdi (foto)

  • 24 fevral, 2020, 13:45
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Nasaf" futbol klubidafutbol fidoiysi Nuriddin Zaynievich Zayniev xotirasini yod olish maqsadida xalqaro turnir tashkil etildi.

Tecno

Turnirda "Nasaf", "Mash’al", "Sho‘rtan" hamda qo‘shni Tojikiston Respublikasining "Regar TadAZ" jamoalari ishtirok etishdi.

Bahslar "Nasaf" futbol maktabining sun’iy qoplamali maydonida o‘tkazildi.

1/2 final bahslari

"Nasaf" 4:0 "Mash’al"

"Sho‘rtan" 4:2 " Regar TadAZ"

3-o‘rin uchun o‘yinlar:

"Mash’al" 1:1 "Regar TadAZ" ( penaltilar seriyasida 5:4)

Final:

"Nasaf" 4:0 "Sho‘rtan"

Shu tariq turnir mezbonlari "Nasaf" musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi.


Ushbu turnirni bir qator O‘zbek futbolining iftixorlari ham bevosita stadiondan kuzatib borishdi. Jumladan: O‘zbekiston futbol faxriylari kengashi raisi Narimon Jalolov, O‘zbekiston futbol faxriylari kengashi raisining o‘rinbosari, sobiq "Paxtakor" futbolchisi To‘lagan Isoqov, Futbol faxriylari Stanislav Elyinko, Aziz Raxmatullaev, Erkin Qiyomov va Iso Vardiyashveli. Marhum futbol fidoyisi Nuriddin Zaynievich Zayniev oramizda bo‘lganlarida 68 yoshni qarshilayotgan bo‘lar edilar.

Manba: Samandar Arabov.
Fotomanba: "NASAF" fk matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Сурхон Барлос
24/02/2020 13:53
Зайниев ҳақида фақат яхши гаплар қулоққа чалинган