"Nasaf" lageridan daraklar

  • 29 yanvar, 2022, 11:50
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, "Nasaf" 3 yanvardan buyon yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi. Ro‘ziqul Berdiev shogirdlari tayyorgalikning ikkinchi bosqichini yakunlashdi va kichik ta’tilga chiqishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Manbaning ma’lum qilishicha, futbolchilar 31 yanvar kuni yana Qarshidagi qarorgohlarida yig‘iladi.

"Nasaf" o‘z safiga yangi futbolchilarni qo‘shib olmoqda. Jamoaga qo‘yilgan transfer taqiqi hal etildimi?

IMG_7524

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritgan "Nasaf" Osiyo Chempionlar ligasi pley-off bosqichida ishtirok etadi. Qarshiliklar Birlashgan Arab Amirliklarining "Baniyas" klubi raqiblik qiladi. 15 mart kuni BAAda o‘tkaziladigan uchrashuvda g‘alaba qozongan taqdirda "ajdarlar" guruh bosqichini "E" guruhidan boshlaydi.

Berdiev shogirdlariga mazkur kvartetda "Al-Sadd", "Al-Faysali" hamda "Al-Vahda" jamoalari raqiblik qilishi mumkin. Faqat qarshiliklar "Baniyas" ustidan zafar quchishi talab etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсунов Рамазон
29/01/2022 13:53
Насаф учун куйилган трасфер такики олинганми еки олинмаганми аник хабарни ким айтади . Качонгача мухлислар юрак ховучлаб туради.Кимдир жавоб берсин.УФА дан аник жавоб кутиб коламиз.Диёр Имомхужаевдан ойдинлик киритиб беришини сураб коламиз.