"Nasaf" futbolchisining yuziga tupurgan Shavkat Salomovga qanday intizomiy chora ko‘rildi?

  • 10 iyun, 2020, 17:44
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, bir qator futbolchilar va rasmiylarga nisbatan turli xil sanktsiyalar qo‘llanildi. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Tecno

Coca Cola Superliga

Uchrashuv: “Surxon” – “Nasaf”

Jarimaga tortildi: Shavkat Salomov (“Surxon” futbolchisi )

Sabab: Raqib futbolchisining yuziga tuflagani va tajovuzkor xatti-harakati uchun

Qaror: 2 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya va moddiy jarima

 

Uchrashuv: “Qo‘qon-1912” – “So‘g‘diyona”

Jarimaga tortildi: Shavkat Mullajonov (“So‘g‘diyona” futbolchisi )

Sabab: Raqib futbolchisining oyoqlariga (tizza qismiga) zarba bergani uchun

Qaror: 2 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya va moddiy jarima

U-18 Birinchiligi

Uchrashuv: “Qizilqum U-18” – “Surxon U-18”

Jarimaga tortildi: Alisher Mahmudov (“Qizilqum U-18” futbolchisi )

Sabab: Raqib futbolchisiga qasddan oyog‘i bilan zarba bergani uchun

Qaror: 2 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya

 

Uchrashuv: “Qo‘qon-1912 U-18” – “So‘g‘diyona U-18”

Jarimaga tortildi: Otabek Qodirov (“Qo‘qon-1912 U-18” futbolchisi)

Sabab: Raqib futbolchisiga qasddan tirsagi bilan zarba bergani uchun

Qaror: 2 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya

 

Uchrashuv: “Qo‘qon-1912 U-18” – “So‘g‘diyona U-18”

Jarimaga tortildi: Nurmuhammad Sayimnazarov (“So‘g‘diyona U-18”  futbolchisi)

Sabab: Raqib futbolchisiga qasddan musht bilan zarba bergani uchun

Qaror: 2 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya

 

Uchrashuv: “Surxon U-18” – “Nasaf U-18”

Jarimaga tortildi: Azamat Jo‘ramurodov (“Surxon U-18” murabbiyi )

Sabab: Hakam sha’niga nomaqbul gaplar ishlatgani uchun

Qaror: 2 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya va moddiy jarima

Futzal bo‘yicha XXIV O‘zbekiston chempionati

Uchrashuv: “Navbahor” – “Xuaxin”

Jarimaga tortildi: Ilhom Yusufjonov (“Navbahor” futzalchisi )

Sabab: Hakam sha’niga nomaqbul gaplar ishlatgani uchun

Qaror: 2 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya va moddiy jarima

 

Uchrashuv: “Maksam-Chirchiq” – “Lokomotiv”

Jarimaga tortildi: Ahad Yusupov (“Lokomotiv” futzal jamoasi murabbiyi)

Sabab: Hakam sha’niga nomaqbul gaplar ishlatgani uchun

Qaror: 2 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya va moddiy jarima.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
11/06/2020 19:29
Хамма жазо бир хил-ку?
SHAXBOZ BEKMURODOV
10/06/2020 18:00
Bu PFL hakamlarni va futbolchilarni ayashda davom etarkan hali beri rivojlanmaymiz. Bu nima bo‘ladi ikkita o‘yinga chetlatish, SHavkat salomovni
&
Насаф
10/06/2020 22:12
Агар Насаф уйинчиси шавкатга тупурганда уни 200 уйинга четлаб Насаф клубини 200000000 га штраф килишарди ПФЛ ва УФА дагилар