"Nasaf" etakchilari nega "So‘g‘diyona" bilan o‘yinda qatnashmagani va Superligada jamoalar soni oshishiga Ro‘ziqul Berdievning munosabati

  • 20 noyabr, 2021, 16:39
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 25-turida "Nasaf" Jizzaxda "So‘g‘diyona" bilan kuch sinashdi. Bellashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Tecno

Uchrashuvdan so‘ng qarshiliklar ustozi Ro‘ziqul Berdiev o‘z fikrlarini bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

- Uchrashuv kurashlarga boy bo‘ldi. "So‘g‘diyona" mana shunday kurashlarni taqdim etadi. Durang vaziyatni murakkablashtirdi. Oxirgi turgacha kumush, bronza medalini kim olishi aniq emas. Menimcha, bunday holat oxirgi yillarda uchramayotgandi. Shu bois chempionatning so‘nggi qismini inobatga olsak, qiziq o‘tdi. Durang adolatli natija. Jamoalar g‘alaba uchun harakat qildi.

Asosiy tarkibdagi futbolchilar nega zaxirada qoldirildi? Biz keyingi o‘yinni inobatga oldik. Chunki 3 kundan so‘ng AGMK bilan O‘zbekiston kubogi final yo‘lida bellashamiz. Shuning uchun ba’zi futbolchilarga dam berdik. O‘ylaymanki, ularning o‘rniga maydonga tushgan futbolchilar o‘yinni buzib qo‘ymadi. Mazmunli harakat qilmagandirmiz. Biroq natija muhim edi.

Superligada jamoalar sonining ko‘payishiga fikrim? Bir tomondan ko‘p o‘yinlar bo‘lgani ma’qul. Lekin biz bunga tayyor bo‘lishimiz lozim. Agar Superligada ishtirokchilar 16 ta bo‘lsa, balki Pro ligaga qiziqish juda ham kamayib ketishi mumkin. Shuning uchun buni chuqur o‘ylab, hulosa chiqarish darkor. Har tomonni hisobga olish kerak. Faqat Superligani o‘ylasak, birinchi liga e’tiborsiz qolsa, kurashlar bo‘lmasa, o‘sha ligadagi o‘yinlar juda ham susayib ketishi mumkin, - dedi Ro‘ziqul Berdiev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Кахрамонжон Сафаров
20/11/2021 17:10
Рузикул УФА сизни духингизни тушириб куйибди шахсан мен учун Сиз ва жамоангиз энг зур ва Узбекистон чемпиони олгаааааааааааааааааа
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
20/11/2021 16:50
Bunoqa poliya shunoqa uynaganlari uzi ham katta baht bir muhlisla. uynamay turib shuncha asap bulapmiz. selani endi tushunsa. buladi. keyin bachala jarohat olmagani uzi ham katta hursanchilik. medali nima berardi. bitta yosh uyinchi kelajagi oldiga.