"Nasaf" Antaliya yig‘inini yuqori notada yakunladi. Ammo Marushich qaerda?

  • 31 yanvar, 2024, 01:42
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ro‘ziqul Berdiev boshchiligidagi “Nasaf” klubi yangi mavsum ancha barvaqt tayyorgarlikni boshlagan. Selektsiyada ham jamoa faol bo‘lganini bilasiz. “Ajdarlar” chempionatga tayyorgarlik ko‘rish chog‘ida odatdagidek Turkiyaning Antaliya shahrida ham yig‘in o‘tkazishdi.

Tecno

“Nasaf” matbuot xizmatining xabar berishicha, jamoa a’zolari Turkiyadagi yig‘in doirasida ikkita nazorat uchrashuvida maydonga tushishdi. Dastlab ertalabki bellashuvda “Nasaf” yana bir Braziliya jamoasi bilan bellashdi. «Maua» klubiga qarshi kechgan bellashuvda vakillarimiz 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Kunning ikkinchi yarmida esa Serbiyaning «Radnik» jamoasi bilan bellashdi. Ushbu bellashuvda hisob ochilmadi.

nasaf polsha_1

Antaliyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida “Nasaf” 10 ta nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Mazkur o‘yinlarning 7 tasida “Nasaf” jamoasining qo‘li baland keldi. 1 ta durang va 2 ta mag‘lubiyat ham bor. Umumiy ma’noda aytganda, Berdiev jamoasi o‘rtoqlik o‘yinlarini muvaffaqiyatli tarzda o‘tkaza oldi va yig‘inni ham yuqori notada yakunladi.

nasaf turkiya3

Shu tariqa, yuqoridagi bellashuvlar bilan Antaliyadagi mashg‘ulotlar o‘z yakuniga etdi. “Nasaf” bugun Antaliya-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistonga qaytadi. Jamoa 4 fevral kuni Qarshidagi qarorgohida yig‘ilib, mavsumga tayyorgarlikni davom ettirishadi.

marushich

E’tiborimizni bir jihat o‘ziga tortdi. Klub Turkiyaga ketishidan avval tajribali hujumchi Zoran Marushich bilan shartnoma imzolaganidan xabardorsiz. “Nasaf”ning Turkiyaga jo‘nab ketgan tarkibida ham Zoran ro‘yxatda bor edi. Ammo Antaliyadagi o‘rtoqlik uchrashuvlarida uning nomini biror marta ham uchratmadik. Ma’lum bo‘lishicha, unda jarohat bor va shu boisdan yig‘inida ishtirok eta olmagan. Balki 4 fevraldan Qarshida boshlanadigan navbatdagi yig‘inda ko‘rinish berib qolar, kuzatamiz.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!