"Napoli" va "Roma" yozda Italiya terma jamoasi hujumchisi uchun kurashadi

  • 20 mart, 2020, 21:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Napoli" va "Roma" klublari "Torino" forvardi Andrea Belotti uchun kurash boshladi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra ushbu ikki grand yozgi transferlar davrida Italiya terma jamoasi hujumchisini sotib olish masalasini jiddiy ko‘rib chiqadi. Aytish kerakki, Belottining shartnomasida tovon puli 100 mln evro etib belgilangan. Biroq, bu faqat xorij klublariga nisbatan amal qiladi.

Ma’lumot uchun, Belotti joriy mavsum “Torino” safida 31 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 15 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning transferi 40 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!