
"Napoli" Sapatani yana ortga qaytarmoqchi
“Atalanta” klubi forvardi Duvan Sapata mavsumlar oralig‘ida “Napoli”ga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Sky Sport Italia tarqatgan xabarga qaraganda neapolliklar 28 yoshli kolumbiyalik futbolchining transferi masalasida uning agenti bilan kelishuvga erishishgan. Endi faqatgina klub roziligi olinsa bas.
Eslatib o‘tamiz, “Napoli” Sapata uchun begona jamoa emas. U 2013-2015 yillarda ushbu klub sharafini himoya qilgan.
Ma’lumot uchun, Duvan Sapata ortda qolgan mavsumda A Seriyada 37ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 23ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar