"Napoli" London klubidan futbolchi oldi

  • 1 sentabr, 2021, 12:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

"Napoli" klubi o‘zining rasmiy saytida "Fulxem" yarim himoyachisi Andre-Franko Zambo-Angissani tarkibga qo‘shib olganini e’lon qildi.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, A Seriya grandi 25 yoshli kamerunlik futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan 2022 yoziga qadar ijaraga olgan.

Zambo-Angissa "Fulxem" safida 2018 yildan buyon o‘ynab kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida jami 66 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

U Kamerun terma jamoasi safida 21 ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 2 ta gol yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!