"Napoli" jamoa murabbiyi bilan yangi shartnoma imzolamoqchi

  • 15 yanvar, 2023, 23:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Napoli" klubi jamoa bosh murabbiyi Luchano Spalletti bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

Tecno

Jurnalist Nikola Skiraning xabar berishicha, klub maoshini oshirgan holda murabbiy bilan shartnomani 2025 yilgacha uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda. Klub rahbariyati ham jamoa ustozining ishlaridan hozircha ko‘ngli to‘q.

Spallettining "Napoli" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyunigacha mo‘ljallangan. Uning qo‘l ostida neapolliklar A Seriyaning 18-turga kelib, 47 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va 2-o‘rindagi "Milan" bilan oradagi farq 9 ochkoga teng.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!