
Nadiya Dusanova – Osiyo chempioni, Radzivil bronza medali sohibi!
Atletlarimiz navbatdagi medallarini balandlikka sakrash sektorida qo‘lga kiritishdi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.
Qit’amizda tengsiz hisoblanadigan Svetlana Radzivil hamda Nadiya Dusanova Doxada ham birga shohsupaga ko‘tarilishdi. Mazkur qit’a chempionatida g‘oliblik Nadiya Dusanovaga nasib etdi. Hamyurtimiz oltin medalni qo‘lga kiritishi uchun 1.90 metr balandlikdan oshib o‘tishi talab etildi.
Svetlana Radzivil bu safar bronza medali bilan cheklandi. Yurtdoshimiz qozog‘istonlik raqibasi bilan birga bir xil 1.88 metr natija qayd etgan bo‘lsa ham, urinishlar bo‘yicha qo‘shni mamlakat vakilasi ustunlik qildi.
Shu tariqa mazkur musobaqada terma jamoamiz vakillarining jamg‘argan medallari 3 ta oltin va 1 ta bronzaga etdi. Bugun musobaqaning so‘nggi kun bellashuvlari o‘tkaziladi.
Fikrlar