
MYuning yangi direktori to‘rt nafar superyulduzni oladigan bo‘ldi
“Manchester Yunayted”ning yangi sport direktori Jon Merto yozgi transferlar vaqtida katta ishga qo‘l urmoqchi.
Ushbu mutaxassis bir necha hafta davomida transfer strategiyasini tayyorladi. Unga ko‘ra, yozdi birinchi bo‘lib “Yuventus” hujumchisi Paulo Dibala olib kelinadi. Manchesterliklarga argentinalik forvardning hujum chizig‘ining istalgan nuqtasida o‘ynay olishi qiziqtirmoqda.
Merto jamoaning himoya markazini “Real” vakillari – Serxio Ramos va Rafael Varan bilan to‘ldirmoqchi. Ramosga haftasiga 200 ming funt maoshli ikki yillik shartnoma taklif qilinadi. Varan ham yozda Madriddan ketishga tayyorligini bildirgan. Uni sotib olish uchun Sulsher jamoasi 50 million funtdan voz kechishi kerak.
Yangi sport direktori ro‘yxatidagi to‘rtinchi futbolchi Erling Xoland. “Borussiya” bu futbolchi uchun 180 million evro talab qilmoqda. Bu nafaqat “Manchester Yunayted”, balki har qanday klubga ham qimmatlik qiladi.
Ko‘ramiz, yangi rahbar jamoaga qanday yangilik olib kirar ekan...
Fikrlar