MYuning sobiq futbolchisiga "Nyukasl Yunayted" "ko‘z tikdi"

  • 7 iyun, 13:12
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Nottingem Forest" hujumkor yarim himoyachisi Entoni Elanga faoliyatini Angliyaning boshqa klubida davom ettirishi mumkin. 
 
"Daily Mail" gazetasining ma’lumotiga ko‘ra, 23 yoshli futbolchi transferiga "Nyukasl Yunayted" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. O‘z navbatida, klub rahbariyati ham futbolchi uchun taxminan 50 million evro taklif qilinsa, u bilan xayrlashishga tayyor ekanligini bildirgan. Elanga "Nottingem Forest"ga o‘tishidan oldin "Manchester Yunayted" safida to‘p surgan edi. 
 
Eslatib o‘tamiz, "qizillar" jamoasiga 2023 yil yozida qo‘shilgandi. O‘tgan mavsumda yarim himoyachi 43 ta o‘yinda ishtirok etib, 6 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!