Pogba MYudan ketmoqchi. Unga "Yuve" asosiy da’vogar

  • 16 mart, 2020, 13:51
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba "Yuventus"ga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, Pogba "Manchester Yunayted"ni hamon tark etish niyatida. Frantsiyalik futbolchiga "Yuventus" klubi asosiy da’vogar bo‘lib turipti.

Pogba uchun nafaqat Turin klubi, balki "Real", "Barsa" va PSJ jamoalari ham qiziqish bildirmoqda.

Yarim himoyachini sotish uchun "qizil-iblislar" o‘tgan yozda baholagan transfer narxini kamaytirishlari kerak bo‘ladi. Hech qaysi jamoa Pogba uchun 150 mln evro to‘lashni istamayapti. Taxminan, 100 mln evro atrofida futbolchiga xaridorlar topilishi mumkin.

Bundan tashqari, Pogba yiliga 20 mln evro maosh olishni istamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, "Manchester Yunayted" futbolchi bilan 2022 yilga qadar bitimni uzaytirishni rejalashtirayotgani ma’lum qilingandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!