
MYu yarim himoyachisiga Turkiya grandi da’vogarlik qilmoqda
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Fred faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Braziliyalik futbolchiga "Galatasaroy" klubi qiqizish bildirmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, Turkiya grandi u uchun "qizil iblislar"ga 10 million evro to‘lab berishga tayyor.
Qayd etish lozim, Fredning "transfermarkt" portalidagi bahosi 20 million evroni tashkil qiladi. Uning mankunialiklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga etadi.
Fikrlar