
MYu ustozi "Chelsi"ning muvaffaqiyatsizligi haqida gapirdi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag "Chelsi"ga qarshi o‘yin oldidan “aristokratlar”ning muammolari haqida gapirdi.
“To‘g‘ri strategiya bo‘lmasa, pulning foydasi yo‘q. Sizda juda ko‘p pul bo‘lishi mumkin, lekin uni oqilona boshqarishingiz kerak. Aks holda, barcha sarmoyalar samara bermaydi”, - dedi niderlandiyalik mutaxassis Daily Mail nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Yunayted” – “Chelsi” uchrashuvi bugun, 25 may kuni bo‘lib o‘tadi. Ushbu uchrashuv arafasida London klubi Premer-liga turnir jadvalida bor-yo‘g‘i 12-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar