MYu tarkibda kuchaytirishda davom etmoqda. Kunyadan so‘ng yana bir futbolchi bilan kelishuvga erishildi

  • 3 iyun, 14:17
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" yozda hujum chizig‘ini kuchaytirishga e’tibor qaratmoqda va "Brentford" etakchisi Brayan Mbemoga ishonch bildirdi. 
 
Jurnalist Florian Plettenbergning ma’lum qilishicha, mankunianliklar rahbariyati tez orada kamerunlik yarim himoyachi transferi bo‘yicha rasmiy muzokaralarni boshlaydi. Qayd etilishicha, futbolchining o‘zi "qizil iblislar" safiga o‘tishga prinsipial rozilik bergan. Qolaversa, klub va futbolchi o‘rtasida bo‘lajak shartnoma shartlari bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishilgan. MYudagilar kelishuv barbod bo‘lmasligiga ishonishmoqda. 
 
Mbemo 2024/2025 yilgi mavsumni ajoyib o‘tkazdi va "Brentford"ning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. Uning hisobida barcha musobaqalar bo‘yicha 42 ta o‘yinda 20 ta gol va 9 ta golli uzatma bor.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!