
MYu sobiq himoyachisi: Fredning o‘yinlarini ko‘rib, uning braziliyalik ekaniga shubha qilib qolaman
"Manchester Yunayted" klubi sobiq himoyachisi Pol Parker o‘tgan yoz 60 mln evro evaziga “Shaxtyor”dan sotib olingan yarim himoyachi Fredni jiddiy tanqid qildi.
“Fredning transferi o‘zini to‘liq oqlamadi. Bu borada kimdir men bilan bahslashadi deb o‘ylamayman. Muxlislar mening bu boradagi qarashlarimni qo‘llab-quvvatlashadi.
Haqiqatdan ham u MYuda hech narsani uddalay olmadi. Uning o‘yinlarini kuzatib, uning braziliyalik ekaniga shubha qilib qolaman”, - deydi Parker.
Ma’lumot uchun, Fred joriy mavsum “Manchester Yunayted” safida jami 26ta o‘yinda maydonga tushdi va 1ta gol urdi.
Fikrlar