
MYu “Real”ning ikki yulduzidan birini tanlaydi
“Manchester Yunayted” keyingi yillarda “Real”dan o‘yinchi olish amaliyotini qo‘llab kelmoqda. Xususan, manchesterliklar “Qirollik klubi”dan himoyachi Rafael Varan va yarim himoyachi Kazemironi transfer qilgan.
Endi Angliya grandi madridliklardan yana o‘yinchi olmoqchi.
Todofichajes nashriga ko‘ra, “Manchester Yunayted” rahbariyati tayanch hududda Kazemironing o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan Orelen Tchuameni va Eduardo Kamavingani transfer qilish imkoniyatini o‘rganib chiqmoqda.
Klub mutasaddilari qaysi futbolchini jamoaga mos keladi, deb hisoblasa, manchesterliklar “Real”ga bu transfer uchun 80 million evro miqdorida badal puli taklif qiladi.
Fikrlar