MYu juda mushkul ish ustida muzokaralar olib bormoqda

  • 9 avgust, 2021, 10:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya terma jamoasi yarim himoyachisi Pol Pogba hali ham "Manchester Yunayted"da qolishi va hatto klub bilan shartnomani uzaytirishi ham mumkin.

Tecno

Jurnalist-insayder Fabritsio Romanoning so‘zlariga qaraganda, "Manchester Yunayted" Pogba va uning agenti bilan yangi kelishuv bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Ammo hozircha tomonlar bir to‘xtamga kela olmayapti.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, "Yunayted" Pogba bilan yaqin oylar ichida shartnomani uzaytirmoqchi, lekin bu “qizil iblislar” uchun oson kechmasligi aniq.

O‘z navbatida Pogbaga birinchi raqamli xaridor sifatida tilga olinayotgan PSJ Lionel Messi bilan shartnoma imzolagach, Polni tarkibga jalb eta olmydi. Shu bois uda "Manchester Yunayted"da qolishdan boshqa chora qolmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!