
MYu "JCh-2022"ni yondirgan yarim himoyachini nishonga oldi
"Manchester Yunayted" Sofyan Amrabatni faqat tashqi transferlar orqali qo‘lga kiritishi mumkin.
"The Guardian" xabariga ko‘ra, agar mankunianliklar keraksiz o‘yinchilardan birini sotishga muvaffaq bo‘lsa, ular "Fiorentina" yarim himoyachisi yoki boshqa himoyachini sotib olishlari mumkin.
Amrabatning narxi 50 million funt atrofida bo‘lishi aytilmoqda.
Avvalroq, "Manchester Yunayted" marokashlikni 25 million evro va bonuslar evaziga sotib olishga yaqin turgani haqida xabar berilgandi.
Fikrlar