
MXL. "Tampa" o‘z tarixida ilk bor muntazam chempionatda g‘olib bo‘ldi
Kunning dastlabki o‘yinida "Tampa-Bey Laytning" klubi o‘z uyida "Arizona Koyots"ni qabul qildi va 4:1 hisobida zafar quchdi. Shu tariqa "Tampa" hisobidagi ochkolar soni 116 taga etdi va Sharqiy Konferentsiyadagi hech bir jamoa "laytning"ga etib olmasligi aniq bo‘ldi.
Bugungi muvaffaqiyatdan so‘ng "Tampa-Bey" o‘z tarixida ilk bor muntazam chempionatda g‘olib chiqdi va mavsumda eng ochko to‘plagan jamoa qo‘lga kiritadigan Prezident kubogiga ham ega chiqdi.
Kunning boshqa o‘yinlarida qayd etilgan natijalan bilan quyida tanishasiz.
Tampa-Bey – Arizona – 4:1 (1:1, 0:0, 3:0)
Shaybalar: 0:1 – 5 Keller (Panik, Dvorak), 1:1 – 6 Stemkos ( Miller, Makdona), 2:1 – 41 Xedman (Killorn, Chirelli), 3:1 – 59 Chirelli (), 4:1 – 59 Gurde (Vasilevskiy).
Chikago – Vankuver – 2:3 (1:0, 0:2, 1:0, 0:1)
Shaybalar: 1:0 – 19 Teyvs (Keyn), 1:1 – 21 Edler (Xorvat), 1:2 – 26 Granlund (Pettersson, Boser), 2:2 – 56 Gustafsson (Kit, Keyn), 2:3 – 61 Xorvat (Edler).
Los-Anjeles – Vinnipeg – 2:3 (1:2, 1:1, 0:0)
Shaybalar: 0:1 – 11 Xeys (Elers, Konnor), 0:2 – 12 Konnor (Uiler, Truba), 1:2 – 14 Uolker (Kovalchuk, Laypsik), 2:2 – 30 Braun (Kopitar, Dauti), 2:3 – 36 Mayers ().
San-Xose – Vegas – 3:7 (2:3, 0:1, 1:3)
Shaybalar: 1:0 – 1 Kutyur (Nyukvist, Dillon), 1:1 – 3 Karlsson (Smit, Marshesso), 1:2 – 5 Stoun (Marshesso, Smit), 2:2 – 9 Tornton (), 2:3 – 12 Marshesso (Smit), 2:4 – 32 Shtyastny (Miller, Pachioretti), 2:5 – 40 Smit (Karlsson), 3:5 – 50 Kutyur (Labank, Berns), 3:6 – 57 Marshesso (Engelland, Shmidt), 3:7 – 58 Ikin (Shmidt, Teodor).
Fikrlar