
Murodov: O‘zbek o‘g‘loni qanday ekanligini ko‘rsatmoqchiman
Biroz avval, hamyurtimiz Mahmud Murodov UFCdagi ikkinchi jangini Trevor Smitga qarshi o‘tkazib, ajoyib g‘alabani qo‘lga kiritdi. Jang yakunida boshlovchi Murodovdan oktagonning o‘zida qisqa intervyu olishga ulgurdi.
Mahmud tabriklayman! Fikrlaringiz...
Salom Vashington... Birinchi navbatda murabbiyimga rahmat aytaman. Biz tayyorlandik, harakat qildik va erishdik.
So‘ngra, boshlovchi Murodovga videoni ko‘rsatdi va hamyurtimizga bunga javoban, ajoyib video bo‘lipti deb kulib qo‘ydi.
Bu tasodif bo‘ldimi?
Yo‘q, biz bunday zarbalarga tayyorgarlik ko‘rganmiz. Men shu vaqtni kutdim, zarba berdim va "BUM".
Men jangga 3 hafta yoki 4 hafta tayyorlandim. Jang orasi yaqin bo‘ldi. Menga 3 oy muhlat bering va men tayyor bo‘lib, o‘zbek o‘g‘loni qanaqa bo‘lishini ko‘rsatib qo‘yaman.
Fikrlar