
Murodjon Ahmadaliev ishtirokida so‘ngi sterdaun. Erta tongda jang! (Video)
Professional boksning birinchi yarim engil vazn (55,3 kg) toifasida jang olib boradigan hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev ertaga 17 dekabr kuni tongda AQShning Arizona shtatida joylashgan “Desert Diamond” arenada navbatdagi jangini o‘tkazadi.
Turnirning 2-markaziy jangida hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev meksikalik Kevin Gonsalesga qarshi ringga ko‘tariladi. Jang oldidan bokschilar so‘nggi rasmiy marosimda ishtirok etishdi. Har ikki bokschi ham belgilangan vazn me’yorini bajardi. Jumladan, Ahmadaliev 55,17 kg, Gonsales esa 54,88 kg tosh bosdi.
Fikrlar