Murod To‘ychiboev: “Sho‘rtan” bizning himoyadagi xatolarimizdan foydalanib ketdi”

  • 4 aprel, 2019, 20:37
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

A Pro-liganing 1-turida “Oq-tepa” safarda “Sho‘rtan”ga qarshi o‘ynadi. G‘uzorda kechgan bahsda mezbonlar 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Mazkur uchrashuv borasida toshkentliklar yarim himoyachisi Murod To‘ychiboev Sports.uz internet portaliga o‘z fiklarini bildirdi.

Tecno

- “Sho‘rtan”ga qarshi qiyin o‘yin kechdi. Bu jamoa doimo o‘z nomiga yarasha o‘yin namoyish etgan. Albatta, o‘yin oson kechmadi. Biz raqibga nisbatan ko‘proq vaziyatlarga ega bo‘lsak-da, omad ular tomonda bo‘ldi. Himoyada yo‘l qo‘yilgan xatolarimiz sababli, “Sho‘rtan” vaziyatlardan foydalanib ketdi va g‘alaba qozondi.

- Kelasi turda “Mash’al”ga qarshi o‘yin borasida qanday fikrdasiz?

- Keyingi o‘yinda “Mash’al”ga qarshi yana bir qiyin bahsni o‘tkazamiz. Umid qilamanki, ushbu o‘yinda g‘alaba qozonamiz. Muborakliklar ancha kuchli bo‘lmasin, biz o‘z maydonimizda g‘alaba uchun kurashamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!