Muhammad Salohdan voz kechishdi: Bizda undan zo‘ri chiqib qoldi!

  • 29 noyabr, 2024, 19:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati anchadan beri nishonda turgan Muhammad Salohni transfer qilish fikridan qaytdi.

Tecno

Misrlik futbolchining “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi yakunlanmoqda. Klub unga yangi bitim taklif qilgani yo‘q. Kataloniyaliklar 32 yoshli hujumchini erkin agent sifatida tarkibga qo‘shib olmoqchi edi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “Barselona”ga endi Salohning xizmatlari kerak bo‘lmaydi. Bunga Lamin Yamal o‘z iste’dodini namoyon eta boshlagani va Rafinyaning joriy mavsumdan e’tiboran sermahsul o‘yin ko‘rsatayotgani sabab bo‘lgan.

Qolaversa, “Barselona” mutasaddilari Muhammad Saloh germaniyalik bosh murabbiy Xans-Diter Flik boshqarayotgan loyihaga mos tushishiga ishonmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!