Muhammad Saloh: Ota-onamni keyingi uchrashuvga chaqirdim, muxlislar bilan xayrlashaman!

  • 7 dekabr, 14:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul”ning o‘tgan mavsumda Angliya chempionligini qo‘lga kiritishiga katta hissa qo‘shgan Muhammad Salohning klub rahbariyatidan hafsalasi pir bo‘ldi va bosh murabbiy Arne Slot bilan munosabati buzildi.

Tecno

Murabbiylar shtabi mavsum boshidan beri kuzatilayotgan inqiroz tufayli bir necha uchrashuvdan beri Muhammad Salohni boshlang‘ich tarkibga kiritmayapti. Misrlik to‘purar buni juda og‘ir oldi.

- Men ota-onamga qo‘ng‘iroq qilib, “Brayton”ga qarshi o‘tkaziladigan uchrashuvga kelishlarini so‘radim. Men o‘sha kuni maydonga tushamanmi yoki yo‘q, bu endi muhim emas.

Afrika Millatlar kubogiga ketishdan oldin “Enfild”da muxlislar bilan xayrlashaman. Chunki terma jamoa ixtiyoriga ketganimdan keyin bu erda nimalar bo‘lishini bilmayman, - dedi Muhammad Saloh.

“Liverpul” va “Brayton” o‘rtasidagi uchrashuv 13 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 20:00 da bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli Saloh Misr terma jamoasi safida noyabr oyida Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazilgan xalqaro turnirda O‘zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi o‘ynagan edi.

O‘sha uchrashuvda Afrika vakillarini 2:0 hisobida enggan milliy jamoamiz musobaqa finalida Erondan ham ustun kelib, bosh sovrin sohibi bo‘lgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!