
Muhammad Saloh “Liverpul”dan ketyaptimi?
“Liverpul”ning keyingi yillardagi eng zo‘r to‘purari Muhammad Saloh agar jamoa mavsum yakunlariga ko‘ra, Chempionlar ligasiga chiqa olmasa, boshqa jamoaga o‘tib ketishi haqida xabarlar tarqatilgan edi.
Misrlik hujumchining agenti Rami Abbos bu xabarlarga munosabat bildirdi.
Bu xabarlarning hammasi yolg‘on. Muhammad Salohning “Liverpul”dan ketishi o‘ylab ham ko‘rilmagan, muhokama ham qilinmagan masala. Chempionlar ligasiga chiqa olmaslik xavotiri kallamizga kelgani ham yo‘q, - dedi Rami Abbos.
Avvalroq, 30 yoshli futbolchi “Liverpul”dan PSJga o‘tishi kutilayotgani, parijliklar bu transfer uchun 80 million evro sarflashga tayyorligini haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi.
Fikrlar