Muhammad Saloh "Inter"ga qarshi bahs uchun qaydnomaga kiritilmadi!
"Liverpul" vingeri Muhammad Saloh Chempionlar Ligasi guruh bosqichida "Inter"ga qarshi safar uchrashuviga jamoa bilan birga bormaydi. Bu haqda "RMC Sport" jurnali muxbiri Fabris Xokins xabar berdi.
Qaror klub rahbariyati va bosh murabbiy Arne Slot tomonidan qabul qilingan.
Ma’lumki, Saloh "Lids"ga qarshi bahsdan so‘ng klubning unga bo‘lgan munosabatini keskin tanqid qilgan edi. U uchta uchrashuvda ketma-ket asosiy tarkibdan o‘rin olmaganidan so‘ng quyidagicha fikr bildirgandi:
"Men klub uchun juda ko‘p ish qildim, lekin meni muammolarning asosiy sababchisi sifatida ko‘rishmoqda. Afrika Millatlar Kubogi oldidan xayrlashaman — keyin nima bo‘lishini bilmayman".
Ma’lumot o‘rnida, "Inter" - "Liverpul" klublari o‘rtasidagi bo‘lajak to‘qnashuv 9 dekabr kuni soat 01:00’da start oladi.



Fikrlar