Muhammad Mokaev: "Islom Maxachev va Iliya Topuriya jangi UFC tarixidagi eng katta to‘qnashuvlardan biri bo‘ladi, agar..."

  • 25 may, 19:07
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Britaniyalik MMA ustasi Muhammad Mokaev UFC ning ikki yulduzi Islom Maxachev va Iliya Topuriya o‘rtasidagi jangni yanada muhimroq qilish yo‘lini aytdi.

Tecno

"Agar Islom Iliyani mag‘lub etsa, odamlar u shunchaki o‘zidan kichikroq jangchini engdi, deyishadi. Biroq Maxachev yarim o‘rta vazn toifasida chempion bo‘lsa va parallel ravishda Topuriya Charlz Oliveyra ustidan g‘alaba qozonsa, ular o‘rtasidagi to‘qnashuv yanada kattalashib ketadi. Men ham aynan mana shu holatdagi jangni afzal ko‘raman" - dedi UFC sobiq jangchisi.

Eslatib o‘tamiz, yaqindagina Islom Maxachev engil vaznidagi kamaridan voz kechib, yarim o‘rta vaznga o‘tishini xabar berdi. Shundan so‘ng Iliya Topuriya va Charlz Oliveyra vakant kamar o‘zaro kurashishi e’lon qilindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!