
MTJda bosim yuqorimi yoki "Jenoa"da? Shomurodov javob berdi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini boshladi. Ushbu yig‘inga bosh murabbiy aksariyat legionerlarimizni chaqirib, asosiy tarkibni shakllantirishga harakat qilmoqda.
Italiyaning "Jenoa" klubi sharafini himoya qilayotgan Eldor Shomurodov ham yurtimizga etib keldi. Shu fursatdan foydalanib, O‘FA matbuot xizmati hujumchimiz bilan intervyu uyushtirdi. Quyida ushbu suhbatning bir qismini e’tiboringizga havola etamiz.
-Sizni kuchli beshlik chempionatlarida stabil o‘yin namoyish qilayotgan ilk o‘zbek futbolchisi, deyish mumkin. Aytingchi, MTJda bosim yuqorimi yoki "Jenoa"da?
"O‘ylashimcha, "Jenoa"dagi o‘yinlarda kattaroq bosim ostida qolaman. Sababi, u erda ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishga harakat qilaman. Asosiy maqsadim milliy terma jamoamizga foyda keltirish. Genuyada o‘tayotgan har bir kunim O‘zbekiston MTJning keyingi o‘yinini kutib yashash bilan o‘tadi. Doim terma jamoa libosini kiyganimda, juda xursand bo‘laman.
"Jenoa"da esa, vaziyat boshqacha. U erda xorijlik futbolchilardan ko‘p narsa kutishadi va talab qilishadi. Shuning uchun, klubda terma jamoaga nisbatan bosim kattaroq, deb o‘ylayman".
Shomurodovga tanlash imkoniyati berilganida, u kimni "Jenoa"ga tavsiya qilgan bo‘lardi?
Eldor Shomurodov "Yuventus"ga o‘tishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi
Fikrlar