
Mourino “Yuventus” chaqirgan hujumchini oladi
Yaqinda “Yuventus” bosh murabbiyi Massimiliano Allegri PSJ hujumchisi Mauro Ikardi bilan bog‘lanib, uni Turinga taklif etgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.
Endi “Roma” tarkibini yangidan shakllantirayotgan Joze Mourino ham argentinalik to‘purarni o‘z jamoasi safida ko‘rmoqchiligini aytmoqda.
Mauro Ikardi parijliklar tarkibida raqobat kuchli ekani bois Maurisio Pochettinoning rejalariga kirmaydi. Shuning uchun ham u o‘zi o‘rgangan A Seriyaga qaytishni ma’qul ko‘rmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, Rim klubi parijliklarga Ikardini keyinchalik 40 million evroga sotib olish huquqi bilan bir mavsumga ijaraga olmoqchi.
Fikrlar