Mourino uch nafar zo‘r darvozabonni chaqiryapti

  • 23 mart, 2021, 21:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem”ning asosiy darvozaboni Ugo Loris o‘rnini Angliya chempionatida mashhur bo‘lgan uch nafar hamkasbidan biri egallashi kutilmoqda.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, Joze Mourino jamoada Din Xenderson (“Manchester Yunayted”), Nik Poup (“Byornli”) va Sem Jonston (“Vest Bromvich”) kabi yosh va iste’dodli darvozabonlardan birini ko‘rmoqchi.

Bular orasida Xendersonning transferi muammo bo‘lishi mumkin. Chunki, Sulsher ham yozda asosiy darvozabon David de Xeani transfer qilishni rejalashtirmoqda. Agar ispaniyalik posbon manchesterliklar safini tark etadigan bo‘lsa, Din Xenderson asosiy darvozabonga aylanadi.

Qolaversa, Poup va Jonstonning transfer summasi “Manchester Yunayted” vakilinikidan ancha arzonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!