
Mourino Muhammad Salohni yig‘latgan ekan
“Chelsi”da o‘ynagan Jon Obi Mikel o‘z vaqtida “aristokratlar”ni boshqargan Joze Mourino va jamoa hujumchisi Muhammad Salohning munosabatlari haqida gapirdi.
- Bir marta Mourino Muhammad Salohga qahrini sochgan va uni etarli darajada yaxshi o‘ynay olmasligini uqtirgan edi. Joze uni tanaffusda almashtirishini aytdi. Muhammad Saloh ko‘zida yoshi bilan kiyim almashtirish xonasida qolib ketdi.
Men Muhammad Saloh vaqti kelib, buyuk futbolchiga aylanishini tasavvur ham qila olmagandim, - dedi Jon Obi Mikel.
Misrlik hujumchi 2014-2015 yillarda “Chelsi”da to‘p tepgan. Keyinchalik u jamoani tarak etdi.
Fikrlar