Mourino Loris va Sonni urishtirib qo‘ydi

  • 7 iyul, 2020, 12:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya chempionatining 33-turi doirasida o‘tkazilgan “Tottenxem” va “Everton” uchrashuvi tanaffusida London klubi darvozaboni Ugo Loris va hujumchi Son Xin Min urishib qoldi.

Tecno

Janjalni Jovani Lo Chelso to‘xtatib qolib, darvozabon va hujumchi o‘rtasidagi mushtlashuvning oldini oldi.

Bu vaziyat bo‘yicha barcha aybni Joze Mourino o‘z bo‘yniga oldi.

- Ayb menda. Men shogirdlarimni tanqid qildim. Ular o‘zlariga tanqidiy baho bermadi.  Men ulardan bir birlariga nisbatan talabchan bo‘lishni so‘radim. Son ajoyib yigit. U hammaga yoqadi. Loris esa jamoa sardori sifatida Sondan jamoaga ko‘proq foyda keltirishni so‘radi. Jamoa o‘sishi kerak. Bori shu, - dedi Mourino.    

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!