Mourino hujumchi topdi

  • 16 sentabr, 2020, 18:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Ayntraxt" hujumchisi Bas Dost "Tottenxem"ning qiziqishlariga sabab bo‘la boshladi.

Tecno

The Guardian nashrining yozishicha, 31 yoshli gollandiyalik futbolchini shaxsan "shporlar" bosh murabbiyi Joze Mourino tarkibda ko‘rishni xohlamoqda. Portugaliyalik mutaxassis Dostni jamoaning asosiy hujumchisi Xarri Keynga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

Frankfurtliklar o‘z futbolchisini 5,5 mln evro evaziga sotib yuborishga tayyor. Ammo londonliklar uni ijaraga olishni rejalashtirmoqda.

Bas Dost o‘tgan mavsum “Ayntraxt” safida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 11 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!