Mourino Frantsiya terma jamoasi sardorini "Roma"ga olib kelmoqchi

  • 5 iyun, 2021, 10:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" rahbariyati "Tottenxem"ning 34 yoshli darvozaboni Ugo Lorisni sotib olishni ko‘zlayotgan jamoaning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinoni qabul qilishga tayyor.

Tecno

Calciomercato nashrining xabariga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis “Tottenxem”dagi sobiq shogirdi bilan Rim klubida ham birga ishlamoqchi. Frantsiya terma jamoasi darvozabonining “shporlar” bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi.

Ugo Loris ortda qolgan 2020/21 yilgi mavsumda premer-liganing 38 ta uchrashuvida maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z darvozasidan jami 45 ta gol o‘tkazib yubordi va 12 ta o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

“Tottenxem” o‘tgan mavsum APLda 7-o‘rinni egalladi, “Roma” ham A Seriyani xuddi shu o‘rinda yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!