
Mourino A Seriya etakchisi “Napoli” qachon mag‘lub bo‘lishini aytdi
“Roma” ustozi Joze Mourino telestudiyalardan birida “Napoli” bosh murabbiyi Luchano Spaletti bilan uchrashuvib qoldi.
Neapol shahri jamoasi A Seriyada ettinchi turda ham zafar quchdi. Spaletti shogirdlari shu tariqa, hali ochko yo‘qotmagan yagona jamoa sifatida chempionatda peshqadamlik qilmoqda.
Portugaliyalik mutaxassis Spalettining ishiga yuqori baho berib, hamkasbi bilan hazillashdi.
- Zo‘r ishlayapsan, Spallettone! Sen barcha uchrashuvlarni o‘z foydangga hal qilmoqchimisan?, - dedi Joze Mourino.
- Ehtiyot bo‘lish kerak, sen xavflisan, - deb javob qaytardi Spaletti.
- Menimcha, sen navbatdagi safar uchrashuvida yutqazishing kerak, - dedi Joze Mourino.
Ma’lum bo‘lishicha, “Roma” ustozi bu gapni bejiz aytmagan. Chunki “Napoli” sakkizinchi turni o‘z uyida o‘tkazganidan keyin, navbatdagi safar bahsida “Roma” mehmoni bo‘ladi.
Fikrlar