Mourino: 150 bo‘lib o‘ynasang ham gol urolmaysanlar!
Evropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining beshinchi turida Joze Mourino bosh murabbiylik qilayotgan “Benfika” Amsterdamda o‘tkazilgan uchrashuvda “Ayaks”ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Mehmonlarga muhim g‘alabani keltirgan gollarga Samuel Dal va Leandru Barreyru mualliflik qildi.
Uchrashuvdan keyin lissabonliklar bosh murabbiyi Joze Mourino o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
- Uchrashuv boshidayoq kiritilgan gol odamga ijobiy ta’sir qiladi. Gap faqat hisobda emas, balki emotsional ustunlikda ham ketmoqda. Musobaqa nuqtai nazaridan bu biz uchun hayotbaxsh g‘alaba. Agar durang o‘ynaganimizda ham bizga oson bo‘lmasdi.
O‘ylashimcha, umumiy bosqichda jami to‘qqiz ochko olsak, musobaqani davom ettirish imkonimiz bo‘ladi. Yana ikkita g‘alaba kerak.
Bu uchrashuvning oxirida “Ayaks” 150 ta bo‘lib o‘ynasa ham, gol urolmaydi, degan hissiyot paydo bo‘ldi. Ular baribir gol ura olmasdi. O‘yinchilar munosib o‘yin ko‘rsatdi va bunaqa g‘alabani nishonlash juda yoqimli, - dedi Joze Mourino.
Ta’kidlash lozimki, portugaliyalik mutaxassis shogirdlari Chempionlar ligasi umumiy bosqichida qatorasiga to‘rtta mag‘lubiyatdan keyi birinchi g‘alabasiga erishdi.



Fikrlar