
Morata ertaga "Yuve" uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi
"Atletiko" futbolchisi Alvaro Morata ertaga Turinga uchib keladi. Bu haqida italiyalik jurnalist Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, "Yuventus" uni 1 mavsumga ijaraga olishni rejalashtirgan. Shuningdek, keyinchalik sotib olish varianti ham shartnomaga kiritilishi taxmin qilinmoqda. Turinliklar bu vaqt oralig‘ida "Atletiko"ga 10 mln evro to‘lab berishi lozim.
Morata bu mavsum "matraschilar" safida 44 o‘yin o‘tkazib, 16 gol va 3 assistni o‘z nomiga yozdirib qo‘yishga erishdi. 27 yoshli forvardning o‘rniga madridliklar "Barselona" hujumchisi Luis Suaresni olib kelishi kutilmoqda.
Fikrlar