
Morata "Atletiko"dan o‘zini Madridda olib qolishni so‘ramoqda
Yakunlangan mavsumning ikkinchi qismini "Atletiko" safida ijarada o‘tkazgan hujumchi Alvaro Morata “matraschilar” rahbariyatidan uni to‘liq sotib olishlarini so‘ramoqda. Ta’kidlash kerakki, uning transfer huquqiga “Chelsi” klubiga tegishli.
“Men “Chelsi”da o‘z kuchimga bo‘lgan ishonchni yo‘qotdim. Men u erda muxlislar tomonidan muhabbatni sezmadim. “Chelsi”dagi faoliyatimni yomon boshlamagan edim, biroq keyinchalik jarohat sabab yuqori darajada o‘ynay olmadim. O‘shanda men 15ta gol urgandim va Angliya kubogini yutgandim. Ammo, yakunda meni jahon chempionatiga olib ketishmadi. Bu esa men uchun hayotimdagi eng kuchli zarba bo‘ldi. “Chelsi”ga kelgan paytim bu jamoa menga o‘zimni ko‘rsatib, jahon chempionatiga borishim uchun eng yaxshi variant deb o‘ylangandim.
Men “Atletiko”da qolishni xohlayman. Men bu haqdagi fikrimni har ikkala jamoaga ham aytdim. “Atletiko”dan meni Madridda olib qolishini so‘rayman”, - deydi ispaniyalik forvard.
Ma’lumot uchun, Morata mavsumning ikkinchi qismida “Atletiko” safida jami 17ta o‘yinda maydonga tushdi va 6ta gol urishga erishdi.
Fikrlar