
Mo‘g‘uliston boks terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida o‘zbek mutaxassisi ish boshlaydi!
O‘zbek boks maktabi jahonda o‘z o‘rniga ega, shu jumladan murabbiylarimizga ham xorijda ehtiyoj yuqori desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Ko‘plab o‘zbekistonlik mutaxassislar chet elda faoliyat yuritmoqda. Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha yana bir mutaxassisimiz xorijda o‘z ishini boshlash arafasida. Ya’ni, "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy" Abror Tursunpo‘latov Osiyoning kuchli boks mamlakatlaridan biri bo‘lgan, Mo‘g‘uliston terma jamoasi bosh murabbiyiga aylandi.
Biz ushbu ma’lumotga oydinlik kiritish uchun ushbu murabbiy bilan bog‘landik.
- Ha, ushbu yurt bosh murabbiyi sifatida ishlashini taklif etishdi. Hozirda, Mo‘g‘ulistondaman. Ertaga, Toshkentga qaytib, kerakli ishlarni bitirib, yana ortga qaytaman va nasib qilsa, ishni boshlaymiz.
Ma’lumot uchun, Abror Tursunpo‘latov Olimpiada chempioni Fazliddin G‘oibnazarovning murabbiyi sanaladi. Shuningdek, ma’lum vaqt rossiyalik taniqli professional bokschilar Sergey Kovalyov va Baxram Murtazaliealarga ham ustozlik qilgan.
Fikrlar