
Modrich qachon faoliyatini yakunlaydi?
Madridning “Real” klubi va Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich faoliyatini yakunlashi va yoshi haqida gapirdi.
"Qachon nafaqaga chiqaman? Bilmayman. Balki 40 yoshdadir. Balki keyinroq yoki ertaroq. Ko‘ramiz. Men deyarli 37 yoshdaman, lekig hali ham o‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Ham jismonan, ham ruhan. Men dunyoning eng yaxshi klubidaman va klub darajasiga munosib bo‘lish uchun ishlayapman.
Men zamonaviy futbolda juda muhim bo‘lgan jismoniy holatimni saqlab qolish uchun yana nimalar qilish bo‘yicha ishlayapman. Ko‘ramiz, qachongacha xuddi shu ruhda davom eta olaman!", - dedi xorvatiyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, Modrich joriy mavsum "Real" safida jami 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urdi.
Fikrlar