
Modrich: "Men hali ham sovrinlarga chanqoqman va faoliyatimni yakunlash haqida o‘ylamayapman"
"Real Madrid" va Xorvatiya terma jamoasining yarim himoyachisi hisoblangan Luka Modrich Frantsiya qarshi penaltilar seriyasidagi mag‘lubiyatdan so‘ng jurnalistlarni qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob berdi.
Faoliyatni yakunlash haqida
"Hozircha bu haqida o‘ylamayapman. Men hali ham o‘yinimdan zavqlanmoqdaman va o‘zimni juda yaxshi his qilyapman."
O‘yin darajasi haqida
"Men o‘yinimdan mamnunman va hali ham yaxshi formada ekanligimdan xursandman. Mening yoshim ahamiyatga ega emas – men futbolni yaxshi ko‘raman va imkon qadar uzoq davom ettiraman."
Ehtimoliy trebl haqida
"Real Madrid" hech qachon trebl yutmagan va biz tarixga kirishni xohlaymiz. Men hanuzgacha g‘alabalarga chanqoqman, sovrinlar menga motivatsiya beradi. Mavsum oxirida klub rahbariyati bilan kelajagimni muhokama qilamiz."
Shartnoma uzaytirilishi haqida
"Hozircha bu masala muhokama qilinmadi."
Mbappe haqida
"U dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri va betakror qobiliyatlarga ega. Menga uning faqat o‘yini emas, balki shaxsiyati ham yoqadi – u kamtar, quvnoq va jamoadoshlarini doim qo‘llab-quvvatlaydi. Bu uning eng yaxshi mavsumi bo‘lmagani aytilmoqda, lekin u 30 ta gol urdi… Agar bu uning eng yaxshi mavsumi bo‘lsa, qanday bo‘lardi? U hayratlanarli futbolchi."
Agar Mbappe mendan "Oltin to‘p"ni qanday yutish haqida so‘rasa
"Unga aytishim mumkinki, "Real Madrid"ga g‘alabalar keltirishda davom etsin. Ishonchim komil, u faqat bittagina emas, bir nechta "Oltin to‘p"larni qo‘lga kiritadi."
O‘zining "Oltin to‘p"i haqida
"Bu unutilmas lahza edi. Hali ham bu yutuqqa erishganimga ishonish qiyin" - deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi 39 yoshli xavbek.
Fikrlar