
Modrich faoliyatini qaysi klubda yakunlamoqchi?
"Real Madrid"ning 39 yoshli yarim himoyachisi va sardori Luka Modrich o‘z kelajagi haqidagi savolga javob berdi.
- Men faoliyatimni "Real"da yakunlashni istayman. Bu men uchun orzu bo‘lardi. Biroq, barchasini vaqt ko‘rsatadi. Hech qanday bosimni his qilmayapman, - deya ta’kidladi Modrich "Telefoot"ga bergan intervyusida.
39 yoshli futbolchi "qaymoqranglilar" safida 2012 yilning yozidan beri to‘p tepib kelmoqda. Shu davr mobaynida u barcha musobaqalarda 579 ta o‘yinda ishtirok etib, 43 ta gol urgan va 93 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Ispaniya grandi tarkibida Modrich olti marta Chempionlar ligasi kubogini qo‘lga kiritgan, to‘rt marta Ispaniya chempioni unvoniga sazovor bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, xorvatiyalik futbolchining "qirollik klubi" bilan amaldagi shartnomasi yozda nihoyasiga etadi.
Fikrlar