
Modrich eng qiyin va eng kulgili kambek haqida gapirdi
Luka Modrich "Real"ning Chempionlar ligasidagi kambeklari haqida gapirdi.
"EChL o‘yinlari payti "Bernabeu"da nima sodir bo‘lishini tushuntirish qiyin. Bu haqiqatan ham sehrli jarayon. Biz hech qachon taslim bo‘lmaymiz hamda oxirigacha kurashamiz. Sababi, "Real" futbolchilariga shu narsa o‘rgatilgan. Biz istasak ham taslim bo‘la olmaymiz.
Buni tushuntirish qiyin. Ayniqsa, bu yil sehrli oqshomlar ko‘p bo‘ldi. Umid qilamanki, har doim shunday bo‘ladi.
Eng qiyin kambek "Siti"ga qarshi o‘yinda bo‘ldi. Vaqt deyarli yo‘q edi, lekin jamoa va muxlislar oxirigacha ishonishdi. Bu jihat jamoamizning DNKsida bor. Oxir-oqibat buni uddalay oldik. Eng kulgili kambek PSJga qarshi bahsda bo‘ldi. Itigi 15-20 daqiqa ichida aqldan ozgan holda, 3 ta gol urdik", - dedi Modrich.
Fikrlar