Mirzakamol Ne’matov sobiq IBF chempioniga qarshi jang qiladi

  • 9 iyun, 2022, 13:17
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Iyun oyining so‘ngi kunlarida Toshkent shahrida Muhammadali Umarov promouterlik kompaniyasi tomonidan professional boks kechasi tashkil etiladi. 

Tecno

Mazkur turnirda bir qator yurtdoshlarimiz navbatdagi janglarini o‘tkazadi. 

Jumladan, Mirzakamol Ne’matov ham ringga ko‘tariladi. Yurtdoshimizga anchagina jiddiy, sobiq IBF chempioni namibiyalik Julios Indingo (24-5, 13 KO) raqiblik qiladi. 

Jang birinchi o‘rta vazn (69,8 kg) toifasida  WBC mintaqaviy chempionlik kamari uchun bo‘lib o‘tadi. 

Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, Indingo yarim o‘rta vazn (63,5 kg) mashhur rossiyalik Eduard Troyanovskiyni mag‘lub etib, IBF hamda IBO chempionlik kamarini qo‘lga kiritgandi. Keyinchalik u Terens Kroufordga qarshi jangda titullarini boy bergan. Shuningdek, u Rejis Progreys, Daniyar Eleussinovlar bilan ham ringga to‘qnash kelgan. 

Bir so‘z bilan aytganda juda qiziqarli to‘qnashuv bo‘ladi. 

Tez orada boks kechasining sanasiga ham aniqlik kiritiladi. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!