Mirjalol Qosimov – maydon markazi qiroli

  • 18 may, 2020, 18:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya premer-ligasi tarixida Markaziy Osiyo mamlakatlaridan jami 120 nafardan ortiq legioner to‘p surgan.  Sportbox.ru ana shu futbolchilardan iborat ramziy terma jamoa tuzdi.

Tecno

Sharq – nozik masala. Rossiyadagi tarixiy terma jamoada 7 futbolchimiz bor

Biz har bir chiziq bo‘yicha eng kuchli, deb topilgan O‘zbekiston milliy terma jamoasida o‘ynagan charm to‘p ustalarini alohida tanishtiramiz.

O‘zbek futbolida doim kuchli yarim himoyachilar bo‘lgan. Ramziy terma jamoada ham bu o‘z aksini topdi. Tayanch yarim himoyachi ampluasi Moskvaning “Lokomotiv” jamoasi tarkibida ishonchli o‘yin ko‘rsatgan Vladimir Maminovga topshirildi. U o‘z davrida temiryo‘lchilarning etakchisi bo‘lgan. Butun faoliyatini bir jamoada o‘tkazgan yarim himoyachi 397 uchrashuvda 40 ta gol urgan. Futbolchi sifatida Rossiyadagi barcha sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Maminovning O‘zbekiston terma jamoasida chalqancha usulda uzoq masofadan urgan goli hamon muxlislar yodida ekani aniq.

Maydon markazining  chap qanoti bugungi kunda O‘zbekiston terma jamoasiga sardorlik qilayotgan Odil Ahmedovga nasib qildi. Mutaxassislar uni o‘ta talantli, aqlli va universal futbolchi, deb ta’riflashadi. Jahon futboli yulduzlari bilan “Anji” va “Krasnodar”dagi o‘yinlarini esga olishdi. Odil Rossiya premer-ligasida 211 ta uchrashuv o‘tkazib, 13 ta gol va 22 ta golli pasga mualliflik qilgan. U Rossiya chempionati sovrindori va Xitoy chempioni.

Hujumchi ortidagi pozitsiya, boshqacha aytganda hujumkor yarim himoyachi rolini hech ikkilanmasdan Mirjalol Qosimovga berildi. 1995 yilda “Alaniya” tarkibida Rossiya chempioni bo‘lgan o‘zbek futboli yulduzi keyinchalik “Krilya Sovetov” jamoasida ham ishonchi o‘yin namoyish qilgan.

Mutaxassislar uni o‘ta aniq pas sohibi, to‘p bilan ishlash ustasi, aniq zarba egasi, jarima to‘plarini qoyilmaqom tepadigan futbolchi sifatida  maqtashdi. Mirjalol Qosimov “Alaniya” tarkibida 64 ta o‘yinda 25 ta gol urgan. Evropa chempionlar ligasida “Liverpul” darvozasini ham ishg‘ol qilgan. Bu o‘ringa undan munosibi yo‘q!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!