
Mirafzal Axtamovdan super yangilik!
Yurtimizning ko‘zga ko‘ringan MMA jangchilaridan biri Mirafzal Axtamovning navbatdagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi. Xabaringiz bor, Mirafzal jahonning eng kuchli promoushenlaridan biri PFL bilan shartnoma imzolab, birinchi jangida ajayib g‘alabani qo‘lga kiritgan edi.
Sportchimizning saytimizga ma’lum qilishicha uning navbatdagi jang sanasi ma’lum. Biroq, bu safar PFLda emas. BAAning yangi ligasi "971 MMA FC" turnirida 14 iyun kuni oktagonga ko‘tariladi. Albatta, bu degani PFL bilan shartnoma bekor qilingani yo‘q. Yangi ligani rahbariyati PFL bilan kelishuvga erishgan va bitta jang uchun ruhsat so‘ragan. Hozircha raqib ma’lum emas. Tez orada bunga ham oydinlik kiritiladi. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring! Shu o‘rinda yana bir ma’lumotni aytib o‘tishni lozim topdik. Mirafzal Axtamov menejerlik faoliyatini ham yo‘lga qo‘ydi va u Amerika promoushenlarining ba’zilarining rasmiy vakiliga aylandi.
Ma’lumot uchun, yurtdoshimiz 9-0 rekordga ega.
Fikrlar