"Mirabror Usmanov Cup-2025": O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Saudiya Arabistonini ishonchli hisobda mag‘lub etdi

  • 22 iyul, 22:13
  • Bilolbek Imomov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Mirabror Usmanov Cup-2025” turniridan o‘rin olgan O‘zbekiston U-23 - Saudiya Arabistoni U-23 jamoalari o‘rtasidagi bellashuvda vakillarimiz 3:1 hisobida muvaffaqiyatga erishdi. 
 
Dastlab, uchrashuvning 8-daqiqasida Samandar Mavlonqulov hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan 2 daqiqa o‘tib esa Jaxongir O‘rozov o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Shuningdek, ikkinchi bo‘limning 3-daqiqasi o‘tib borayotganda Nodir Abdurazzoqov gol urib, hisobni yiriklashtirdi (3:0). Uchinchi goldan 10 daqiqa o‘tib, 58-daqiqada Murad Kudri jamoasining ilk golini urib, hisobni qisqartirdi (3:1).
 
Ma’lumot o‘rnida, hamyurtlarimiz navbatdagi uchrashuvini Yaponiyaga qarshi o‘tkazadi. Mazkur to‘qnashuvlar 25 va 28 iyul kunlari soat 20:00 da bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
23/07/2025 00:23
Болалар ютишди,иккинчи таймда чичишди.