
Millatlar ligasining chorak va yarim final juftliklari aniqlandi
UEFAning Nondagi qarorgohida Millatlar ligasi 2024-25 yakuniy bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi.
Millatlar ligasi 1/4 final juftliklari:
Ispaniya – Niderlandiya
Xorvatiya – Frantsiya
Daniya – Portugaliya
Italiya – Germaniya
Shuningdek keyingi 1/2 final bosqichi uchun ham qur’a tashlandi:
Italiya / Germaniya – Daniya / Portugaliya
Niderlandiya / Ispaniya – Xorvatiya / Frantsiya
Ma’lumot uchun, chorak finalning ikki o‘yindan iborat bellashuvlari 2025 yilning 20 va 23 mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Turnirning yarim final bosqichi 4 va 5 iyun kunlariga, uchinchi o‘rin uchun hamda final bahslari esa 8 iyunga belgilangan.
Fikrlar